Савол йўллаш ойнаси
Assalomualeykum men musofir yurtda o'qiman va ishleman ish paytida namoz payti bolib qolsa farzini bolsaxam oqib olsa bo'ladimi?
Assalomu alaykum! Men hamma qatori farzandlarimga pampers ishlatardim. Yaqinda bir otinoyining ma'ruzasida eshitdimki, pampers taqsa bolaga va uni ahlatga tashlasa buni ham javobi bor ekan. Shu gap rostmi? Nima qilishim kerak? Avvallari pampersni xojatxonaga tashlardim.(chuquriga) keyin bu ham gunoh deyishganiga qora paketga solib chiqindilarga tashlayotgandim. Bu ishlarim noto'g'rimi? To'g'ri yo'l ko'rsating iltimos
Ассалому алайкум устозлар! Хайвон шакли тушурилган, одам расми чизилган печенье ва пишириқларни ейиш, сотиш ва сотиб олиш мумкинми? Жавоб учун олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum. Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Savolim quyidagicha: Kechaning uchdan biri deganda, shom vaqtidan to bomdod namozigacha bo'lgan vaqt uchga bo'linadimi, yoki boshqachami?
Assalomu aleykum men diniy idora bilan qanday aloqaga chiqishim mumkin.
assalomu alaykum ! Yangi turmushga chiqqan kelin o'z tog'asi bilan o'pishib ko'rishishi to'g'rimi ?
Ассалому алейкум! Азиз динимиз билимдонлари, мен турмуш уртогимга "талок" сузини уч маротаба такрорлаб "уч талоксан, энди бошин очик" деб жувобини бериб юбордим. Килган ишимдан каттик пушаймонман, 3 нафар фарзандимиз бор. Оиламни тиклашим учун нима килишим керак?
Assalomu aleykum.xozirda singillari, qaynisinglisi,qaynonasi,va kelin oyisi bilan oʻpishib koʻrishadiganlarxam koʻp uchraydi.shunday xolatda oʻrtada shayton bor.agar yigitni shaxvati sal boʻlsada qoʻzgʻab ketsa.yigitning ayoli bilan nigohi buzilib qayta oʻqitilish kerak boʻladimi.savol nooʻrin boʻlsa yoki qopol boʻlsa uzur.
Assalomu aleykum, men anchadan buyon bemorman. Shuning uchun jonliq so'yib, uni masjidga bersam bo'ladimi?
Musilmon insonlar tuģilgan kun qilsa bòladimi
Ассалому алайкум хурматли устозлар Сами Юсуф деган фалсафий кушикларни куйлайдиган кушикчининг кушикларини эшитса буладими? Жавоб учун олдиндан катта рахмат
Ассалому алайкум хурматли устозлар вафот килган инсоннинг либосларини ёкиш мумкунми? Жавоб учун олдиндан катта рахмат
Ассалому алайкум хурматли устозлар Металдан ясалган пиёланинг ичига ёсин ва бошка суралар уйиб ёзилган уша пиёлани кундалик чой сув ичишда ишлатиш мумкунми? Уша пиёлани бетахорат ишлатса буладими? Жавоб учун олдиндан катта рахмат
Assalomalekum. Sovolim shundan iboratki , erimmi ota onasi bizani birga yashashimizga qarshili qilishvotti. Man ulani hizmatini qip yurishimmi erim bizdan uzoda ishlashini holashvoti. Erim mani ham chaqirsa ruhsat berishmayapti. Dinda buni yechimi bormi 3 yildan beri umrimiz shunaqa otvotti. Erim ota onasini norozi qimaslik uchun ulaga qarshilik qimayapti.
Assalom aleykum axli musulmon! Alloh sizlardan roziligi bo'lsin! Savol im shundan iborat bazan eshitib qolamanki har xil o'yinlarga pul tikib yutib olish baqida gap bo'ladi. Shu o'yinlarga pul tikish dinimizda harommi? Agar harom bo'lsa biror man'ba ko'rsating menga. Shoyat men ham birodarlarimni bu yo'ldan qaytarsam. Javob uchun oldindan raxmat. Assalam aleykum va rahmatullohu va barakatuh!
Assalomu alaykum aziz ustozlar 2 ta savolim nor 1- vitr vojib namozidagi qunut duosi esdan chiqib ruku,sajdaga ketsa sajdai saxif qilsa buladimi. 2.xozir mashina oldi-sotdida "vekifka" muomalasi kupaygan yani 50 mln lik nexiaga bir yildan sung 65 mln sum tulashadi bu xarom emasmi
Ассалому алайкум! Хаж зиёратига баданига ок тушган кишилар бориши мумкинми?
Assalomu Aleykum ustoz savolim eshonlar kimlar 2.odamlari bor deydi qol olishi kerak boladi qol omasa bolmaydi shu xaqida tushuntirib bersangiz
Assalamu Alaykum Hurmatli hay'at.Bir ikki savolim bor edi.Ko'chada yurganda,darsda o'tirganda,transportda yurganda Qur'onni aytib tilovat qilib ketsa bo'ladimi?2-Qur'on tilovat qilayotganda birinchi fotiha surasi va keyin xohlagan sura o'qiladimi?Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Ассалому алайкум устозлар бизнинг мебель цехимиз бор . бир мижоз биздан янги очилаётган ресторанига мебел ясаб беришимизни соради. У ерда арок махсулотлари хам ишлатилади. мебел ясаб беришимиз жоизми . пули биз учун халолми? Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Assalomu aleykum jumo holatida farzandini emizsa boladimi
Ассалому алайкум Хурматли Устозлар! Якинда онам ва акам умра сафарига тараддуд куряптилар. Айтишларича умра ёки хаждан келган аёллар маълум муддат уйдан чикмай утирарканлар. Яъни иддада. шу гап ростми? Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Ассалому алайкум! Айтингчи зам сурани кетма кетлиги буйича укиш лозимлигини ургатгансиз , зам сурани укиш давомида сураларнинг кетма кетлиги биттадан кейинги сурани укиш жоизми еки иккитадан кейинги сурани укиш керакми?
Ассалому алайкум Кабристон ичида масжид бса ушбу холатда кабристонга чап оек билан кириб кабристон ичидаги масжидга унг оек бн кириш лозимми?
Assalomu alaykum ustozlar! Ilmingiz ziyoda bo'lsin albatta inshaolloh Ollohning o'zi xizmatingizni mukofotlagay. Savolim shu : Ichgan mast holdagi kishi, bekordan bekorga meni haqorat qilsa, tinchimni buzsa haddidan oshsa va shunga o'xshash holatlar yuzaga kelsa ogohlantirishlaru tanbehlarga qaramasdan davom etsa unga qo'l ko'tarishlik joizmi?? Umuman olganda bunday kishilarni umuman yoqtirmayman ammo őzidan őzi kelib tinchimni buzib haqorat qilsa endi bunisi oshib tushadida... Shunga maslahat va oyatlardan keltirsangizlar aziz ustozlar...
Assalomu alaykum ustozlar savollarimga berayotgan javoblaringiz uchun katta rahmat yana bir savol qiynayoptida shu uzi aparatlaga erkak duxtirlaga tekshirishga borishligi qanday tog‘ruq xonalarda erkak kishi tug‘dirsa uvol bo‘maydimi iltimos shu savolimgayam javob bersangizlar
Assalomu alaykum! Savolim namozni qasr o'qish borasida,savolim shundan iboratki " Vatani iqomada yashayotgan odam,undan qancha masaofaga chiqsa qasr o'qiydi ?" javob uchun oldindan rahmat...
Assalomu alaykum xurmatli fatvo hay'ati a'zolari! Savolim shundan iboratki ,peshin namozini o‘qiyotgan edim, shunda telefonimdagi muslim taqvimi asr vaqti kirganligi chaqiruvi keldi. Peshin namozini ikki rakat sunnati qolib ketdi.'man peshin namozini qazosini qayta o‘qiymanmi? yoki yo‘q . Javob uchun katta rahmat !
Assalomu alaykum! O'zini selfi qilish yoki ko'p sur'atga tushish harommi?
Ассалом Алейкум мани саволим хотинига сандака хотиним йук диса талок тушиб комидими
Assalom u aleykum meni savolim shundan iboratki men 18 yoshimda oliygohga qabul qilindim va bir kursdosh qizim bilan juda yaqin dõstlashib qoldik u qiz unashtirilgan edi(unashtirilgan yigiti chet davlatda edi) u qiz mendan 2 yosh katta, sirlashardik maslahatlashardik yigiti bilan kõp urushib qolardi (sababi Ularni dadalari bir biri bilan yaqin dõst bõlganligi uchun unashtirib qôyishgan qizni u bolada kõngli yõq edi) va oradan bir yil õtib õrtamizda rashk paydo bõldi qandaydir dardlashganimizgami kõnglimiz tushib qoldi bir birimizga bir birimizni yaxshi kõrib qoldik. Keyin harakat qildik gaplashmaslikka lekin imkoni bômadi. Menam u qiz ham xohlamagandik sevishib qolishni afsus shunaqa bôldi... Demoqchi bõganim kôpchilik ota-onasiga aytolmaydi men boshqani yaxshi kõraman deb (ayniqsa qiz bola) qarshi chiqolmaydi uylanyapti, erga tegyapti, lekin oqibatda kôngli boshqa birovda u bilan yaxshi chiqisholmayapti ajrashib ketyapti kõpchiligi. Masalan men bilan yaxshi kõrishgan qiz unashtirilganiga 4 yil bôldi (chetga chiqishi uchun zagsdan ham õtgan) umuman tegish niyati yõq lekin uydagilari majburlagan sen shunga tegasan deb. Endi savol: u qiz men bilan 3 yildan beri gaplashadi sevishadi õrtamizda kôp voqealar bôlib õtgan agar u bola shunga uylansa men uni xotini bilan shunchaki yurgan insonga aylanaman lekin men unaqa bôlishini, õsha yigitni aldanishini va u qizni birovga berishni xohlamayman, shu uchun men u qizga uylanmoqchiman lekin bironta yõl kõrinmayapti. U yigitga qanday tushuntirishniyam bilmayman. Agar men õsha qizga qõlimdan kelsa (maslahatlaringizga quloq tutgan holda) uylansam men birovni turmushini buzgan bôlamanmi yoki bõlishi mumkin bôlgan "Ajrashish"ni oldini olgan bôlamanmi yoki biron bir jazo bilan mukofotlanamanmi Bunga Dinimiz nima deydi?
Assalomu alaykum ustozlar. Meni 1-savolim Men 28 yoshga kirdim bir oy oldin uylandim hozirgacha Nomoz o'qimaganman hudo hohlasa nasib etsa o'qishni boshlayman. savolim shuki men nomoz o'qimasam ham istigvor duolarini aytib yursam buladi? Alloh menga farzand berishi va ishlarimni o'ngidan kelishi uchun. 2-savolim Alloh deyish va yozish joyizmi yoki Olloh?
Ассалому-алайкум устозлар. Аттаҳият дуоси ва саловат ўқилаётганда баъзи номозхонларимиз кўсаткаич бармоқларини кўтаришади. Намоз шудай қилиш суннатми ёки фарзми, шуни тушутириб берсанггизлар илтимос.
Assalomualaykum ustozlar . Topib olingan pul va buyumlarni egasi nomalum bulsa nima qilish kerak. Javobingiz uchun oldindan raxmat!
Assalomu aleykum. Faqat bomdod namozini o‘qiyapman. Boshqalarini o‘qishni hozircha iloji yo‘q. Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi
M...a: Assalomu alaykum Hurmatli Uztozlar! Sizga savolim bor. Xozrda TELEGRAM deb nomlangan Mashhur ijtimoiy tarmoqdagi kanllardan birida Ko'plab QURON MUSOBAQA lari bo'lib o'tayapti , kanalga obuna bo'lganlar o'zlarini tilovatlarini yuborishyapti va qiroatlar adminlar tarafidan Kanalga qo'yilyapti , yaqinda tilovat qilgan ishtirokchilardan biri o'zini shaxsiy kanalu bor ekan (tgda) va ozining obunachilariga "LIKE bosib yuboringlar" dedi , bu dinimizda xalolmi?
Assalomu alaykum xalqimizda shunday urf odat bor , Otgan Ota Buvalarimiz tushimizga kirib qolsa osha kuni Cho'zma va xolvaytar qilib qo'ni qo'shnilarga tarqatiladi shu ish dinimizda joizmi? Agar mumkin bo'lmasa buni o'rniga foydasi ko'proq bo'lgan biror amal bormi Ilitmos ayting... Raxmat oldindan
Ассаламу алайкум ахли илмлар Саволим шу хакда : мен пешиндан кейин куп йиллик казо намозларни укимокдаман ниятига утмишда казо булган аср шом ва хпкозо намозимнинг навбатдаги казоси дейман шу тугрими
Assalomu aleykum ustozlar .savolim shundan iboratki ichki kiyim ayolimga tegsam nam boʻlib qilsa nima qilish kerak shunga javob yozsangiz iltmos oldindan raxmat
Assalomu aleykum. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Sizlarga bir savol bilan murojaat qilishni joiz deb bildim. Savolim shuki o'qilmay qolgan qarz namozlarimni qanchaligini (necha kunligini) aniq bilmayman. Qanday qilib qarzlarimni qazo qilib o'qishim mumkin?
Assalomu aleykum ustozlar Alloh sizlarga kuch quvvat bersin raxmat savolimga javob oldim lekin to'liqroq javob olmoqchiman Imom domla bo'lish ya'ni masjidda imom bo'lish uchun qayerni o'qish kerak (madrasa islom instituti oliy mahad) shu kabilar iltimos batafsil javob bersangiz
Assalom aleykum. Tahajjud namoziga niyatni quyidagicha qilsa masalan 2 rakatli deb niyat qilsa 2 rakat o'qib bo'lgach salom berib so'ng turib yana 2 rakatli deb niyat qilsa o'qisa yana 2 rakat o'qib salom berib so'ng turib o'qisa hullas niyatni har 2 rakatda qilish kerakmi yoki boshida 8 yoki 4 rakat deb niyat qilish kerakmi keyin 2 rakatdan bo'lib bo'lib har 2 rakatda salom berib o'qish kerakmi niyatni har 2 rakatda qiladimi qay biri maqul? Javobingiz uchun oldindan rahmat
Assalomu Alaykum! Duolarni tahorat olib aytish shartmi?
Assalomu Alaykum!Dinimizda mast qiluvchi ichimliklar taqiqlanganligi haqida eshitganman. Sigaret va nos chekish ham taqiqlanganmi? lekin unga odatlanib qolgan bulsachi? Ya'ni tashlolmasa. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Assalomu Alaykum! Agar savolim nourin bulsa uzr surayman! Yoshi 20 da Hali uylanmagan Bir dustim bor bir kuni uni beli og'rishidan shkoyat qilgandi uni doctorga olib bordik shunda doctor hali uylanmagan bulsang unda avratingni qondrib tur deb aytdi shu tug'rimi ovratni uzoq vaqt qondrmaslik kasalikka olib keladimi agar shunday bulsa nikohsiz zino qilish gunohku shundaymi. Agar savolim nourin bo'lsa yana bir bor uzr surayman!
Assalomu aleykum. nomahram ayol bilan birga bo'lishni o'ylashning o'zi ham gunohmi
Ассалому Алейкум Хаммамиздан АЛЛОХ рози бусин. Мани саволим мамнака.Мани хотиним оддий лагмонни хамирини узим килдим диб АЛЛОХ урсин диб елгон касам ичди.Кегин мандан кечирим суради ман Худодан сурагин кечиримми дидим.Лекин кунглимда унга ишонч комади.Ман каттик рашк киламан аелимми.Бошка ишлар килиб масалан зино килибам манга Аллох урсин диб алдаши мумкин диб уйлавомман.Бунака аел билан яшашдан яшамаган яхшими? Нега дисела унга ишончим комади ва яна зино килибам алдаши елгон касам ичиши мумкин дивомман мумкин дивомман .уша кундан бери уйимда жанжал тез тез буладиган бубколди Шариатда бунака пайтда нима килиш кере дейилган? Силани жовобила оиламга тасир килиши мумкн 2 та болам бор угилим 9еш кизим 6еш .Илтимос тулик тушунарли фаросат билан аник жавоб берсела рахмат
Assalomu Alaykum! Mening savolim shundayki: bir uzoq qarindoshim ichkilikka ruju quygandi bir hafta oldin mast holatda vafot etdi. Uning haqqiga Allohdan uning gunohlarini kechirishini surab duo qilsam buladimi? Va qanday duolar aytish vojib buladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Assalomu alaykum xurmatli ustozlar ! Insonga ikkta isim qo'yilishlik dinimizda xukmi qanday ? Misol uchun menga Muhammad Boburjon deb ism qo'yishgan !
Assalomu aleykum bazi bazida qalbimda alloh borligiga gumon paydo bo‘ladi. Shu payda sura o‘qib. Alloh borligini isbotlaydigan voqealarni eslab yana iymonimni shakllantiraman. Buhol yana takrorlanmasligi uchun nima qilishim kerak. Nimaga bazida bunaqa gumonga borib qolaman. Jo‘gilarga borib duo oldirish to‘g‘rimirq
powered by smfaq
Scroll to top