Савол йўллаш ойнаси
Менинг хотиним зулмини. ўтказиб юбормокда болаларимни деб 4 йил сабр килиб яшаябман. Бойлика хирс қўйган борига қаноат қилишни билмаябди. Ажрашай десам 2 та болам бор. Қанака иш тутсам менга ҳам хотинимга хам болаларимга ҳам хайрли бўлади.жавоб учун олдиндан рахмат.
Bankdan kredit olsa boladimi
Ассалому алайкум, шайх хазратлари, бу саволни кандай беришга хам хайронман тугртси бу савол эрини сирини очиш булмасмикан? кимдан сурашни билмай Ман уяламан, хурматли шайх хазратлари , турмуш уртоғим мендан Ётокда эр хотини учун, Хотин эри учун халол деб бир нарсани такрор сурайди мен бу нарсани хеч қаерда укимаганман десам унда никох укиганда домла сиздан :танингизни багишладизми!? деганда ха деб жавоб бергансиз дейди ,саволни бергани барибир уяляпман
Турмуш уртогим рус киноларидаги алокани мендан сурайди 15 йилдирки виждоним кийналиб келади УЗИ яхши инсон, нима килай жавоб беринг мен бунга уяламан ва гуноҳ булади деб уйлайман, У ахир 2 миз никохдан утганмизу сиз менга менсизга халол дейди жавоб учун олдиндан рахмат
assalomu alaykum meni boshimga mshkul savdo tushib turibdi gap shundaki men va xotinim o'rtamizda janjal bo'lganligi sabab u o'z uyiga ketib qoldi ortidan uni qaytarish maqsadida juda ko'p urindim ammo ni onasi uyimga olib kelishga ruxsat bermadi. xotinimni boyida 8 oylik xomilasi bor kunlarning birida uyiga borib agar ertaga uyga qaytmasang uch taloq bo'l deb aytib qo'ydim va uni ertasikuni kutdim u kelmadi aytingchi endi u bilan yasha olmaymanmi
Assalomu alaykum muftiy hazratlari,men hususiy tadbirkorman qurulish mollar dukon ochaman.joyga arenda tulayman soliq hodimlari dukonga kassaaparat,terminal quyishimni aytishdi majburekan.aylantiryotgan pulim kamroq .terminal quysam davlatdan kridit olishim kerak ekan hususiytadbirkorlarga 18%ekan kridit.davlatdan kridit olsam bulami halolmi?kridit haqida tushunturib bersangiz?iltimos
Assalomu alaykum muftiy hazratlari. ayolim ilmini yanada kuchaytirmoqchi oyalarda uqishga ruhsat yuq uqitishmayapdi ham. quron va boshqa shayh hazratlarini kitoblarini uqiydi.1yillik uquv markazi bormi? dakumentalni bulardi. qayerda uqisa buladi?
Ассалому алайкум Азиз узтозлар мени кийнаётган Яна бир саволим бор, кайнаонам одам укиийди дам солади эрини хотинга ,хотинни эрига иситади,Турмуш га чикмаган кизлар хам келади ва улар озми купми пул ташлаб кетади Яна кайнаонам мен куриб тураман деб куп айтади одамлар хам мени телим, зирагим ,пулим йуколди куриб куйинг дейишади, 1 саволим шуки мен сизларни шу пул Билан бокаман дейди, шу пуллар хололми биз учун? Мени З та болам бор эрим россияда ишлайди ва у олдиндан пул ташлаб кетади онасига, мен халол лукма Билан бокмокчи булаяпман оиламни лекин мени кулимдан келмаяпди,мен ишламиман уйда тикувчилик килган пулимга мактаб кийимлари келади холос, улардан алохида хам булолмимиз кенжасимиз,2 биз еяётган таомлар халолми жавобиз учун олдиндан рахмат
vitr haqida Assolomu alaykum Shayx Abdul aziz Mansur hazratlarining namoz o'qish qoidalari kitobining 29 betida Allohu a'lam vitr namozini Xufton namozining 3 rak'at vitri deya keltirilgan. Kichikligimizdan vitr xufton namoziga kirmaydi lekin uxlab qolib o'tkazib yuborish xavfi bo'lganlikdan xufton namoziga tirkab o'qisa bo'ladi deyishgan. Shu to'g'rimi?
Ассалому алайкум муфтий хазратлари.мен янги тадбиркорман савдони ривожлантириш максадида банкдан кредид омокчиман.айолим кунмаяпти шу масалага ойдинлик киритиб берсангиз.олдиндан рахмат...
Мen xotinimga jaxl ustida taloq qo'ydim u 8 oylik xomilador aytingchi ustoz men u bilan qayta nikox o'qitib yashasam bo'ladimi
Assalomu alaykum ustozlar. Bitta savolim bor edi: kõz tegishi haqida, kishiga kõz tekkanini qayerdan bilsak bõladi (aytmoqchimanki, boshqa kasalliklardan farqli jihatlari bormi?) Agar kõz tekkanini bilsak, uni qanday davolaymiz, qayerga, kimga murojaat qilamiz. Va kõz tegmasligi uchun nimalarga e'tibor qilishimiz lozim, qanday amallarni bajarishimiz kerak! Javobingiz uchun rahmat. Alloh sizlardan rozi bõlsin!
Ассалому алейкум !!! Вактида никох укилмаган узок йилдан бери яшаб келиб энди никох укитса буладими ? Рахмат ...
Assalom aleykum Marhumning xotirasiga o‘tqiziladigan marosimlar haqida savolim bor edi. Yaqinda xolam vafot etdi marakasida qatnashgan domla endi 2017 yildan boshlab maraka qilmoqchi bo‘lsanglar masjidga pul to‘lab kvitansiya olmasanglar duo o‘qimayman faqatgina yeb ichib ketaman dedi. Bu gap rostmi va ushbu maraka marosimlariga to‘lovlar haqida ma‘lumotni qayerdan olsam bo‘ladi.
Assalomu Alaykum ustozlar.Savolim ISO ibn Maryam haqida. Raxmatli ustoz Fozil qorakani ma'ruzalarida eshitganman Iso ibn Maryamni xochga osishadi keyn Jabroil a.s kelib ulani osmonga ko'taradi degandila. Bir ma'ruzada Iso a.sni o'rnilariga 12-havoriysi osilgan Iso a.s osmonga ko'tarilgan diganla,yana boshqa manba'da Iso a.sni yaqn do'sti askarlarga sotdi va uni o'zi Iso a.sni ko'rinishiga kirib qoldi va u xojga osildi deyiladi. Shularni qaysi biri tog'ri? Savolim no o'rin bo'gan bo'sa uzur. Jovobila uchun oldindan rahmat!
Assalomu Alaykum ustozlar. Og'il farzand ko'rganda ismini Muhammad deb qo'ysa bo'ladimi. Odamlardan eshitib qolamiz Muhammad deb ism qo'ysa bola ziyoni bor og'ir bo'p qoladi va xokazolani gapirishadi. Shu xaqda maslaxat berila iltimos. Jovobila uchun oldindan raxmat
Assalomu aleykum. Bilib turib qilingan gunox bilan bilasdan qilingan gunox ortasida farq bormi
Дўпписиз ибодат килса боладими (намоз эмас) саловот, дуо ўкиса бўладими
Ассалому алайкум. 1) Мадларда фатҳа, замма, касра чўзиладими ёки алиф, вав, йай чўзиладими? 2) Кундузлари давлат ишида бўлганлигим сабабли устоз сифатида Шайх Абдулбосит Абдуссоматнинг тиловати асосида Қуръон сураларини ўрганяпман. Бунда шайх ҳазратларининг ҳар бир оятда вақф қилишлигини кўриш мумкин-тажвид илмида эса жим ва то кўйилганда вақф қилиш кераклиги, яъни бир оз тўхташ лозимлиги айтилган. Буни шундайлигича ўргансак бўладими ёки оятдан оятга ўтишда тажвид қоидалари (идғом, васл...) асосида вақф қилмасдан ўқиш керакми? 3) Вақф қилинганда фатҳали танвин алифга айланади. Бунда алиф табиий мад ҳукмида бўладими ёки қисқа талаффуз қилинадими?
Ассалому алайкум! Маълумки, азадор хонадонга жаноза учун эркаклар тўпланишади. Аёллар эса жанозага қатнашмасада, шу вақтда ушбу хонадонга тазия учун, кариндош-танишларнинг оғир дамда далда бўлиши учун тўпланиши жоизми?
savolim ikkiyillik yigilib qolgan hidoyat jurnalini yoqib yuborsa buladimi
Sajda paytida ko'zlar yumiladimi?
Shom namozini o’z vaqtida ado eta olmayapman, nima bo’ladi ?
Assalomu alaykum shayx hazratlari. Savolim: bir do’stim vitr namozini o’qimaydi, faqat xuftonni o’qiydi, xolos. Vitrni o’qimagan odam gunohkor bo’ladimi? Shu haqda ma’lumot bersangiz. Oldindan rahmat.
Ассалому алайкум. Пластикдаги пулни фоизга нақдлаштириш рибо эканлигини билиб олдик. Мен шундай қилган ишларимни ҳаммасини ёзиб боряпман ва иншоаллоҳ, тез орада шу муомалалардан олган фойдамни эгаларига қайтармоқчиман, яъни фойдани емаган ҳисобланаман. Демак, мен судхўрликдан халос бўлган ҳисобланаманми?
Ассалому алайкум! Сизларга катта раҳмат, саволимга жавоб олдим. Юборган жавобингизда нажосатлар замзам суви билан ювилмаслиги лозим дегансизлар, 1) “Нажосатлар” деганда нимани назарда тутгансиз? 2) Чақалоқни ювинтирилган Оби замзам сувини қаерга тўкиш керак, шу ҳақда тушунча берсангиз. Олдиндан раҳмат.
Ассалому алайкум азиз устозлар, узр яна бир саволим бор эди, ёшлигимизда араб ҳарфларини ўргатадиган “Қоидаи Бағдодийя” деган китоб бўларди, ундан ўрганиш жуда осон эди,ҳозир ҳеч қаердан топа олмаяпман,қаердан топсам бўлади?
Assalomu alaykum, Qo’qon shahridanman, umra safariga turizm orqali borish uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Batafsil ma’lumot beringlar, iltimos. Javob uchun oldindan rahmat
Assalamu alaykum. Savolim “Ampli5” haqida.Telefon kompyuterdan chiqayotgan zararli to’lqinlardan saqlanish uchun qo’lga taqiladigan braslet.Lekin u po’latdan yasalar ekan.Shuni taqish mumkinmi?
Assalomu аlaykum! Hurmatli ustozlar,mana bilamizki, oynayi jahon orqali ob-havo ma’lumotlari ko’rsatiladi. Ayting-chi ustoz, ertangi kunni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi, ular qanday qilib ayta olishlari mumkin? Bu Allohga shirk keltirish bo’lmaydimi?
Ассалому алайкум.Бир нарса мени жуда қийнайди. Алҳамдулиллаҳ мусулмонман, баъзи пайтда ҳар хил ўй-хаёллар қийнайди,ўзим хоҳламаган ҳолда келаверади.Пайғамбаримиз (с.а.в.) ҳақларида ва АЛЛОҲ ТАОЛО ҳақида жуда ёмон хаёллар келиб қийнайди.Қандай қилиб бу ҳолатдан қутиламан?
Assalomu alaykum. Savolim tahorat olish haqida. Mahsini biron sabab bilan echib va yana qaytadan kiysa, keyin mash tortsa bo’ladimi yoki oyoqni yuvish kerakmi?
Assalomu alaykum ahli ilmlilar. 1-savol: savollarga kim javob bermoqda, hay’atmi yoki bir kishi, agar bir kishi javob berayotgan bo’lsa, osha kishiga Alloh taolo dunyo va oxiratida cheksiz yaxshiliklar ato qilsin. 2-savol: tunda bilmay peshob qilishlik haqida hadislar vorid bo’lganmi, ochiqroq aytsam, qancha mutaxassislarga bordim, turli xil apparatlarda tekshirdilar, lekin hech qanday kasallik alomatlari ko’rinmadi. Kimdir bu eskichadan deyapti, nima qilay?Ayolim ham buni to’g’ri tushunadi Allohning taqdiru qazosiga rozi, meni qo’rqitayotgan sababi, og’lim katta bo’lmoqda, u qanday tushunarkan, maslahat beringlar, javobingizni mushtoqlik bilan kutaman.Javob uchun oldindan rahmat.
Ассалому алайкум! Ҳафтанинг бир кунида тирноқ олиш рухсат берилган ва ушбу рухсат берилган кун тўғрисида батафсилроқ жавоб берсангиз, илтимос. Жавобингиз учун раҳмат.
Assalomu alaykum, aziz ustozlar! Bironta juma mavzusida namoz o’qishning bizning mazhabimizdagi qoidalari batafsil bayon qilinsa. Hamma ham bilmasligi mumkin. Hammaga foydali bo’lsa kerak. Kimdir oyog’ini kerib oladi,kimdir “omin”ni ovoz chiqarib aytadi,kimdir imom ichida o’qiyotganida o’zi takrorlab turadi. Bu ham muhim masala emasmikin? Rahmat ustozlar.
Ассалому алайкум. Ароқ ичиб, дуо қиладиган инсонларни кўрдим. Ичволиб,ҳар икки гапининг орасида Худо хоҳласа дейди. Дуогуй бўлиб қолишади. Шу ишларнинг гуноҳи ҳақида тўхталиб ўтсангиз.
Assalomu alaykum, savolim turmush ortog’im menga xiyonat qilib Allohi tanigan ayol bilan zino qilishdi. Buni bilib qoldim, ularga qanday hukm bor, yana shu zino tufayli er-xotin o’rtamizga taloq tushadimi? Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat, lotareya chiptasi yutig’i haqida ma’lumot bersangiz, iltimos. Pulni ishlatsa bo’ladimi? Pulni beva-bechoralarga, yaxshilik yo’lida bersa bo’ladimi yoki ishlatmagan ma’qulmi?
Buvim kofir bo’lsa, silayi rahim qilish kerakmi? Katta rahmat.
Assalomu alaykum. Men hozirgi paytda dars beraman va o’quvchilarim orqali tushgan mablag’larimni kelgusida (hozir uyim yo’q) uy olish maqsadida to’plab qo’yayapman, sotib oladigan uyimni halol topgan pulimga olishni maqsad qilganim, har turli harom narsalardan uzoq bo’lish maqsadida uzoq muddat ketsa ham, na kredit, na qarzu havola qilishdan yiroq bo’lishga harakat qilib, mana necha yilki bir o’zim (oilamdan ajrashganman, bir farzandim bor, ota-onam bilan turgan uyimiz ham o’zimizniki emas) ishlab pul yig’ib kelaman. Men yiqqan pullarimning qadri borgan sayin tushishi va yoki uy narxlarining borgan sayin oshib turgani tufayli pullarimni xorijiy valyutaga aylantirib kelayotgan edim.O’sha pullarda yaqinda bilib qoldim, zionistlarning belgilari tushirilgan suratlar bor ekan. Masihi Dajjolni simvol tarzida surati tushirilgan ekan. Men endi bu pullardan foydalanaverishim mumkinmi? Ularni so’mga aylantirsam yoki sadaqa tariqasida berib yuborishim mumkinmi?Iltimos, maslahat bersangiz.
Assalomu alaykum.Men juda qiynalib ketaman, tushlarim vahimali, yotishdan oldin oyatlarni oqiyman.Iltimos, nima qilashim kerak, yana qanday amallarni qilish lozim?
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракотуҳҳурматлимуфтий ҳазратлари мен Сурхандарё вилояти Сариосиётуманиданман. Мен 19 ёшдаман,ғусл дуосинибилмайман, кўп имомлардан сўрадим, улар “Мен ҳам намоз ўқийман” деган китобда бўлади дейишди, аммо у китобдан топа олмадим ва бу дуони мендан бошқа тенгдошларим ҳам билишмас экан, шу дуони “Ҳидоят” журналида чоп этишингизни сўраймиз.
Assalomu alaykum.Turmush ortog’im bilan bir ayol sababli urushib qoldik.Men 2ta farzandimmi tashlab, uydan chiqib ketdim.Turmush ortog’im onamga qizingizni opketing,u bilanbirkun ham yashamayman, deb aytibdi.Bu gaplari bilan bizga taloq tushganmi?
Ассалому алайкум ҳурматли устозлар.Саволим ноўрин бўлса, узр сўрайман.Бир куни эрталаб ишга кетаётсам, йўлда иккита ёш йигит исириқ тутатиб Худо йўлига садақа қилинг, деб йўлимдан чиқиб қолди.Мен индамай ўтиб кетдим, бир кўнглим Худо йўлига деди, беришим керак эди деса, бир кўнглим соппа-соғ ёш йигитлар тиламчилик қилмай ишласа бўлмайдими, бундайларга садақа қилиш керакмас, деб ўйладим, мен тўғри қилдимми ёки ким садақа сўраса бериш керакми? Илтимос, жавоб берсангизлар, олдиндан раҳмат.
Assalomu alaykum ustozlar. Dinimizda ashula eshtish hukmi qanday? Men deyarli har kuni uxlashdan oldin turli xildagi mavzularga oid ashulalar eshitaman. Javobingiz uchun rahmat.
Ассалому алайкум, мен фоизга пул олиб фойда кўрдим.Бу пул мен учун ҳаром дейишди,қандай қилиб пулимни ҳалол қилиш йўли бор? Жавоб учун раҳмат.
Assalomu alaykum! Savollarga javobingiz va dinimiz yoʻlidagi xizmatlaringizdan Alloh taolo rozi boʻlsin. Men ayni paytda juda mahzun ahvoldaman. Soʻramoqchi boʻlgan narsalarim juda koʻp. Tez orada savolimga javob olaman deb qattiq umid qilaman. 1. Juda koʻp gunohlar qilganman deb oʻylab yuraman, doim Allohdan kechirishini soʻrayman. Qaysi duolar bilan Allohdan kechirim soʻraganim maqsadga muvofiq. (Ming shukrlar boʻlsin, zinodan xoliman, ichib yurmayman). 2. Islom diniga oid kitoblarni qayerdan olsam boʻladi, qaysi kitoblarni mutolaa qilishga maslahat berasiz. Zotan dinimizda ilm oʻrganish farz-ku. ... Savolimning davomi sigʻmay qoldi. Keyingi savolda davom ettiraman. Rahmat!
Assalomu alaykum. Yoshim 28 da. Hali uylanmaganman. Shu bahorda toʻy qilish maqsadimiz bor (oilamiz maslahati bilan). Shu borada menga qattiq nasihat va MASLAHAT bering. Onam bir qiz bilan uchrashib gaplashib koʻrishimni soʻradilar, bordim koʻrishdik. Menga yoqdi. Keyinchalik sevib ham qoldim. Men unga shu qadar bogʻlanib qoldimki, hattoki uni oʻzimdan ayro koʻrish men uchun dahshat edi. VA’DA BERIB unga uylanishimni va uni sevishimni undan oʻzgani demasligimni aytardim. U ham menga ishondi. Ahdlashdik. Umid qilardik, hammasi yaxshi boʻladi, deb. Orzularimiz juda koʻp edi. MING TAASSUFlar boʻlsinki bu uzoqqa choʻzilmadi. Mahallamiz ayollari va mahallaning sobiq faoli uni onamga juda yomonlashibdi. Onam menga qattiq ta’qiq qoʻydilar. Undan ajrashishni hohlamasam... (dahshat). Meni hech qanday birovga xusumatim yoʻq. Keyinchalik bilsam, mahallamiz ayollari uning onasiga hasad qilar ekan, chunki uning onasi DOKTOR boʻlib ishlaydi... Оtasini esa oxirgi mahalla saylovlarida yutib chiqqani va lavozimga tayinlangani uchun sobiq mahalla oqsolini kek saqlar ekan. Chunki hozir sobiq mahalla oqsoqoli nonvoy boʻlib ishlayapti. Men undan ajraganimga xafaman, lekin u allaqachon turmush qurib ketdi. Hafsalam pir boʻlib qolaverdim. Uni rostdanam sevaman, oʻzimni aldab nima qildim. Hozirda onam bilan munosabatimiz u qadar yaxshi emas. Juda xafaman onamdan, butun olam qolib menga ishonishi zarur boʻlgan kishi menga umuman e’tibor bermadi. Hammasi oʻtib ketdi. Meni esa baribir birga boʻlamiz, degan ichki ovoz tark etmayapti. MASLAHAT BERING, OLDINDAN KATTA RAHMAT!!!
Yana savolim bor edi: namoz oʻqishni va tahorat qilib yurishni oʻrganyapman va bunga iloji boricha harakat qilyapman. Men tavba qilib namoz oʻqiy boshlaganimdan beri yaxshi yoʻlga tushyapman va qoʻlimdan kelgancha harakat qilyapman. Mening yoshim 25 da, uylanishga qurbim ham unchalik yetmaydi. Oilamga jabr boʻlmasin deyman va hayotda keyinchalik boʻlgʻusi oilam qiynalmasin, oʻ’z ishimni yoʻlga qoʻyib olmoqchiman, uylanishga shoshilmayapman. Inshoalloh, qurbim yetib uylangunga qadar qoʻlda istimno qilib turish (ilojsiz qolgan paytlari, ya’ni oyda bir-ikki marta) mumrinmi? Sababi, erta-bir kun oilam boʻlganda farzandli boʻlmay qolmasmikinman, deyman. Bu savolimga nima deysiz, oldindan rahmat.
Assallomu alaykum. Qoʻlda rezina perchatka kiyib yoki chet yurtlardagi uylanmaganlar, oʻsmirlar uchun doʻkondagi sun’iy ayol-qoʻgʻirchoq yoki qoʻlda ushlab ishlatadigan sun’iy narsalar bilan istimno qilish, ya’ni maniy chiqarsa, boʻladimi? Uylanishga qurbim yetgangacha ilojsiz paytlari, ya’ni oyda bir-ikki marta.
powered by smfaq